🌙 Lulla

Maxfiylik siyosati

Lulla · Русский

Bu hujjat Lulla xizmati (Telegram'dagi @lulla_uz_bot boti, uning Mini App ilovasi va https://lulla.uz sayti) qanday ma'lumotlarni yig'ishi, ulardan nima maqsadda foydalanishi va sizda qanday huquqlar borligini tushuntiradi. Ma'lumotlar operatori — Lulla xizmati.

1. Qanday ma'lumotlarni yig'amiz

Ma'lumotQayerdan
Telegram akkaunti: ID, ism, familiya, username, interfeys tili, Telegram Premium belgisi; Mini App ochilgan Telegram ilovasi turi (iOS, Android, kompyuter, veb) va versiyasi Botni ishga tushirganingizda yoki Mini App'ni ochganingizda Telegram beradi. Telefon raqamingiz va yozishmalaringizni olmaymiz.
Qayerdan kelganingiz: bosgan havolangizdagi manba kodi (masalan, Instagram reklamasi yoki do'st taklifi), lulla.uz saytidan o'tgan bo'lsangiz — havoladagi reklama belgilari (UTM) va qaysi saytdan kelganingiz (masalan, Google), «Bizni qayerdan topdingiz?» savoliga javobingiz; birinchi va oxirgi faollik vaqti Havola yoki sayt orqali kirganingizda avtomatik yoziladi; savolga javob berish ixtiyoriy.
Bola profili: ismi (va erkalash ismi), yoshi, jinsi, avatar parametrlari (teri rangi, soch turmagi va rangi, ko'z rangi, pijama), tanlangan maqsadlar (mavzular) O'zingiz kiritasiz. Bolaning surati so'ralmaydi va yuklanmaydi — rasmlar faqat avatar parametrlaridan chiziladi.
Shaxsiy ertak buyurtmasi: yon qahramonlar (murojaat, masalan «Oyijon»), mavzu, dunyo, saboq, kayfiyat, qo'shimcha istak matni; yaratilgan ertak matni, rasmlari va audiosi O'zingiz kiritasiz / xizmat yaratadi.
To'lovlar va hamyon: summa, vaqt, Click tranzaksiya raqami, tarif, tangalar tarixi Click to'lov tizimi xabar beradi. Karta raqami va boshqa karta ma'lumotlari bizga kelmaydi.
Foydalanish: tinglangan ertaklar, ilovadan foydalanilgan kunlar (statistika uchun), eslatma vaqti, taklif havolasi Ilovadan foydalanishda avtomatik yoziladi.
Rozilik: 18 yoshdan kattaligingiz va shu siyosat hamda ommaviy oferta shartlariga roziligingiz tasdiqlangan vaqt Birinchi bola profilini qo'shganingizda (Mini App yoki bot orqali) yoziladi.

2. Nima uchun ishlatamiz

Ma'lumotlaringizni sotmaymiz. Bot va Mini App ichidagi ma'lumotlar — Telegram akkauntingiz, bola ismi va profili, ertaklar, to'lovlar — Meta'ga ham, reklama uchun boshqa uchinchi shaxslarga ham berilmaydi. Yagona istisno — lulla.uz ommaviy sahifasidagi Meta Pixel: u faqat roziligingiz bilan ishlaydi va bu ma'lumotlarning hech biri unga yuborilmaydi (3-bo'lim).

3. Kimlarga uzatiladi (ma'lumotlarni qayta ishlovchilar)

lulla.uz saytidagi cookie-fayllar (Meta Pixel). lulla.uz ommaviy sahifasi reklamamiz samaradorligini o'lchash uchun Meta Platforms'ning Pixel vositasidan foydalanadi — faqat sahifa pastidagi panelda «Roziman» tugmasini bosgan tashrif buyuruvchilar uchun. Shunda brauzeringizga Meta cookie-fayllari (masalan, _fbp — oxirgi tashrifdan keyin 90 kungacha) yoziladi va Meta'ga sahifa ochilgani va Telegram'ga o'tish tugmasi bosilgani haqida xabar, sahifa manzili (havoladagi reklama belgilari bilan), manba kodi (masalan, site_ig_t1), brauzer va qurilma haqidagi texnik ma'lumotlar hamda IP manzil boradi. Ism, telefon raqami, Telegram akkaunti, bola haqidagi ma'lumotlar, ertaklar va to'lovlar yuborilmaydi. Brauzeringizda Facebook yoki Instagram'ga kirgan bo'lsangiz, Meta bu ma'lumotlarni akkauntingiz bilan bog'lashi mumkin; Meta ularni o'z maxfiylik siyosatiga muvofiq, O'zbekistondan tashqarida qayta ishlaydi. «Rad etish» tugmasini bossangiz, Pixel yuklanmaydi. Tanlovingiz shu brauzerning o'zida saqlanadi. Roziligingizni istalgan vaqtda qaytarib olishingiz mumkin: sahifa pastidagi «Cookie sozlamalari» orqali «Rad etish»ni tanlang (Meta'ga boshqa hech narsa yuborilmaydi, uning lulla.uz'dagi cookie-fayllari o'chiriladi) yoki brauzeringizda lulla.uz sayti ma'lumotlarini (cookie-fayllarni) tozalang. Bot va Mini App'da Meta Pixel ishlatilmaydi.

Saqlash joyi va xorijga uzatish. Ma'lumotlar Germaniyadagi serverlarda saqlanadi. Shaxsga doir ma'lumotlarni xorijga uzatish O'zbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida»gi Qonuni va transchegaraviy uzatish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi: Germaniya shaxsga doir ma'lumotlar subyektlarining huquqlarini yetarli darajada himoya qiladigan davlatlar ro'yxatiga kiritilgan.

Qonunda belgilangan hollarda vakolatli davlat organlarining rasmiy so'roviga binoan ma'lumot berilishi mumkin.

4. Bolalar haqidagi ma'lumot

Xizmat kattalar uchun: undan faqat 18 yoshdan katta foydalanuvchilar (ota-ona yoki vasiy) foydalanadi — buni ro'yxatdan o'tishda tasdiqlaysiz, tasdiqlangan vaqt saqlanadi. Ertakni ota-ona buyurtma qiladi; bola sun'iy intellekt bilan muloqot qilmaydi. Bola haqida faqat siz kiritgan ma'lumot (ismi, yoshi, jinsi, avatar) va faqat ertak yaratish uchun ishlatiladi; reklama uchun ishlatilmaydi. Ertak uchun ism va yosh kifoya — bolaning familiyasi, manzili, bog'cha yoki maktab nomi, sog'lig'i haqidagi ma'lumotlarni istak matniga yozmang. Ota-onalarning haqiqiy ismlari so'ralmaydi («Oyijon», «Dadajon» kabi murojaat tanlanadi). Ertak matnida shunday shaxsiy tafsilot bo'lsa, bunday ertakni ommaviy havola orqali ulashib bo'lmaydi.

5. Qancha vaqt saqlaymiz

6. Huquqlaringiz

So'rov uchun @lulla_uz_bot ga yozing — 10 ish kuni ichida javob beramiz.

7. Xavfsizlik

Ma'lumotlar shifrlangan aloqa (HTTPS) orqali uzatiladi va kirish cheklangan serverda saqlanadi. Parol so'ramaymiz — kirish Telegram orqali tasdiqlanadi.

8. O'zgarishlar

Siyosat yangilanishi mumkin; muhim o'zgarishlar haqida bot orqali xabar beramiz. Amaldagi matn doim shu sahifada.